Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati

Poytaxtimizdagi Bo‘z-Suv kanalida slalomda eshkak eshish bo‘yicha mamlakat chempionatiga start berildi. Ushbu musobaqada respublikamizning deyarli barcha hududlaridan 200 ga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bormoqda. Musobaqa qoidasiga ko’ra, slalomchilar yakkalik, jamoaviy hamda tezkor yo’nalishlar bo’yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi.    O‘zbekiston chempionati 6-aprel kuni yakunlanadi.