Toshkent shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha U23 O‘zbekiston kubogi bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaqada respublikamizning 8 hududidan 200 ga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bormoqda. Bugungi saralash bosqichidan muvoffaqiyatli o‘tgan slalomchilar ertaga yarim final va final bellashuvlarida ishtirok etishadi. Taqdirlash marosimi esa 29-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.