Slalomchilarimiz Ispaniya davlatining La Seu d'Urgell shahrida 6-9-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan jahon kubogining 1-bosqichidagi ishtirokidan so‘ng Fransiyaning Po shahrida navbatdagi jahon kubogi bosqichiga o‘z tayyorgarliklarini boshlashdi. Jahon kubogining 2-bosqichi keyingi weekend (13-15-iyun) bo‘lib o‘tadi. Jahon kubogining ikkinchi bosqichida C-1, K-1 va CSLXM yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi: С-1: Anvar Klevleev, Abubakir Bukanov, Sherzod Kurbonaliyev. K-1: Jonibek Temirgaliyev, Pavel Eygel, Doniyor Islomov. CSLXM: Pavel Eygel, Hayotbek Abdullayev, Samandar Saydullayev. Eslatib o‘tamiz, 2025-yildan boshlab jahon kubogi bosqichlari yangi qoidalarga asosolanib o’tkazilmoqda, 1ta saralash urinishidan keyingi natijalarga ko’ra 12 ta qayiq finalga yo’l oladi. O'zgarishlar kayak-krossni ham chetlab o’tgani yo’q, bu yil vaqt sinovi o'rniga, individual kross poygasi o'tkaziladi, uning natijalariga ko'ra slalomchilar medallarga ham ega bo'lishadi.