Mahalliy murabbiylar va xalqaro mutaxassis Samuel Xernanz boshchiligidagi slalomchilarimiz Chexiya Respublikadining Praga shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogining 3-bosqichidagi ishtirokidan avval xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inini olib bormoqda. Jahon kubogining 3-bosqichi keyingi weekend kunlari (27-29-iyun) bo‘lib o‘tadi. Ushbu startda dunyoning 100dan ortiq kuchli slalomchilari qatnashishi kutilmoqda. Jahon kubogining 3-bosqichida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibiga o‘zgartirish kiritildi. С-1: Anvar Klevleev, Sherzod Kurbonaliyev. K-1: Pavel Eygel, Jonibek Temirgaliyev. CSLXM: Pavel Eygel, Jonibek Temirgaliyev. Ma’lumot uchun avgust oyida slalomda eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz to‘liq tarkib bilan Xitoyda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.