Kuni kecha bo'lib o'tgan ICF ranking turnirida hamyurtimiz Anvar Klevleev 2-o'rinni ????band etdi. Bugun 8-mart kuni sportchilarimiz ICF ranking Thailand open SEA turnirida o'z ishtiroklarini boshlashdi. Musobaqa doirasida 9-martda ekstrim slalom bo'yicha va 10-martda jamoaviy bellashuvlar tashkil etiladi. 11-mart kuni esa U18 va 12-mart sanasida U23 yosh toifasida Osiyo chempionati o'tkazilishi kutilmoqda. Ushbu musobaqalarning barchasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan slalomchilarimiz o'z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o'tkazishadi Sportchilarimizga omad va zafarlar yor bo’lsin!