Tailanddan xushxabar!!!

    Slalomda eshkak eshish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turnirlardan biri - ICF ranking Thailand open SEA turnirida ikki nafar sportchimiz Anvar Klevleev hamda Pavel Eygel Tailand, Qozog‘iston, Australiya va boshqa davlat vakillaridan ustun kelib, 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi.   Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Anvar Klevleev ICF ranking musobaqasida kumush medal sohibiga aylangan edi.