“Ular Tokioda mamlakat sharafini himoya qiladi” loyihasi doirasida sizni Olimpiya litsenziatlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugun kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili Dilnoza Rahmatovaning faoliyati haqida so'zlab beramiz. Rahmatova Dilnoza Bakirovna 1998-yil 7-fevralda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Murabbiy - Rustam Mirzadiyarov. Sportchi kanoeda eshkak eshishning yakkalik va juftlik bahslarida (Nilufar Zokirova bilan juftlik) O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilmoqda. U bir necha bor o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilgan. 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida u Nilufar Zokirova bilan birgalikda kumush medalni qo‘lga kiritdi (dubl, 500 metr), shuningdek, 200 metrga yakkalik bahslarida bronza medali sohibiga aylandi. Vengriyaning Seged shahrida (2019-yil) o‘tkazilgan jahon chempionatida juftlik bahslarida (200 metr masofa) Nilufar Zokirova bilan birgalikda 500 metr masofaga yugurishda ham beshinchi o‘rinni egalladi va Tokio Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma bilan taqdirlandilar. “Milliy sport mukofoti – 2019” taqdirlash marosimida u “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topildi. U Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati hamdir.