Uralskdan xushxabar!!!

Qozog‘istonning Uralsk shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada murabbiylarimiz Sherzod Abdurahmonov hamda Firdavs Mamatkulov boshchiligidagi baydarkachilarimiz shohsupaning eng yuqori pag‘onasiga ko‘tarildi. K-2, 200m Nursulton Yamonqulov va Zarruh Mamasharifov. Sportchilarimiz turnirni 1ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallari bilan yakunlashdi.