1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qozog‘istonning Uralsk shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 2009-2010, 2011-2012-yillarda tavallud topgan o‘smirlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuvlar 200 hamda 500 metr masofalarda kechmoqda. Quvonarlisi, ushbu turnirda Samarqand maktabi tarbiyalanuvchilari bugungi poygalarda 2ta medalga ega chiqishdi. K-2, 500m Nursulton Yamonqulov/ Zarruh Mamasharifov, K-1, 500m Zarruh Mamasharifov. Xalqaro turnir 2-iyun kuni yakunlanadi.