Vadim Menkov kanoeda eshkak eshish bo‘yicha mashhur o‘zbek sportchisidir. U to‘rt karra Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon kuboklarida sakkizta oltin va sakkizta kumush medallarini, jahon chempionatlarida ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza medallarini qo’lga kiritgan. Vadim 2009, 2011-yillarda sayyoramizning eng yaxshi kanoechisi shuningdek, uch marta O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi unvoniga sazovor bo‘lgan. Vadim Menkov o‘zining qat'iyatliligi va mehnatsevarligi shuningdek, faoliyatidagi ko’plab yutuqlari bilan yosh sportchilarga namuna bo‘lib kelmoqda. Vadim Menkov 23-25-avgust kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionatining faxriy mehmoni bo’ladi.