Xalqaro sport o'yinlari "BRICS" 2024

Joriy yilning 12-24 iyun kunlari Qozon shahrida (Rossiya) VI BRIKS xalqaro sport oʻyinlari boʻlib oʻtadi. O‘zbekistondan 349 nafardan ortiq sportchi, jumladan, eshkak eshuvchilarimiz ham sportning 23 turi bo‘yicha ishtirok etadi. 13 kun davomida Qozon shahridagi 17 sport inshootida 60 ta davlatdan 27 ta sport turi bo‘yicha 4751 nafar sportchi 350 dan ortiq medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi. 2024-yilgi BRIKS o‘yinlarida eshkak eshish musobaqalari 13-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-22 iyun kunlari bo'lib o'tadi. O‘zbekiston delegatsiyasining barcha sportchilariga omad va zafarlar tilab qolamiz!