Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi o'smirlar Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, BRIKS o'yinlari sovrindori, ko'p karra Osiyo chempioni, Osiyo kubogi, U-23 jahon chempionati sovrindori Yevgeniy Agafonov o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda. O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi Yevgeniyni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat va yorqin g'alabalarni, barcha musobaqalarda shohsupalarni zabt etishini tilaydi. Doimo qat'iyatli bo'ling! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!