Bugun akademik eshkak eshish boʻyicha BRIKS o'yinlari sovrindori, ko'p karra Osiyo chempioni, Osiyo kubogi, U-23 jahon chempionati sovrindori xozirda O’zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi - Yevgeniy Agafonov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi Yevgeniy Aleksandrovichni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, kuch-gʻayrat, kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar, iqtidorli va gʻayratli shogirdlar, yorqin startlar va yuqori natijalar tilaydi. Mehnatingiz esa doimo munosib eʼtirof va faxr keltirsin. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 09.01.2026