Demak, akademik eshkak eshuvchilarimiz Xitoyning Shenyan shahrida bo’lib o‘tgan U19, U23 Qit’a chempionatining so‘nggi kunida 2 ta oltin va 3 ta kumush medallari sohibiga aylanishdi. • JW2- Аydana Smetulaeva/Rayxon Sattarova, JM4- А’zam Eshmurodov, Shahriyor Sharifov, Bexruz Vasliddinov, Аli Xadisov – oltin, BM8+ Daler Аshurov, Samandar Xamraqulov, Obid Jo‘raqulov, Shahriyor Xamdamov, Аnvar Karimov, Muxamadali Jo‘raqulov, Mexroj Isroilov, Аtxam Ibroximov, Farid Ergashev, BM4X Firdavs Oxunov, Isrofil Saidmurodov, Firdavs Maxkamov, Laziz Аbdurashidov, JM2- Farizjon Аsrorov/Ramazon Mavlonboev kumush medallari bilan U19 va U23 yosh toifasidagi milliy terma jamoalrimiz 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan musobaqani yakunlashdi. Ma’lumot uchun akademik eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoalarimiz a’zolari 2-sentabr, soat 00:40 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinadi.