Akademik eshkak eshish bo’yicha U19, U23 O‘zbekiston milliy terma jamoalari katta tarkib bilan Xitoyning Shenyang shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida o‘z ishtirokini boshladi. Murabbiylar Sergey Tyan, Farruh Astonov, Shahzod Abdurahmonov, Ruslan Narzullayev va Firdavs Ochilov boshchiligidagi sportchilarimiz bugungi kun poygalarida medallarga ega chiqishdi. JM1X Jamolbek Turg‘unov, JM8+ Savlat Musayev, Samrat Sodiqov, Mexroj Isroilov, Xusan Xudoyberdiyev, Abbos Quvondiqov, Miron Mirodullayev, Faridjon Ergashev, Shahriyor G‘aybullayev, Adxam Ibroximov hamda BM2- Shahriyor Xamdamov/Obidjon Jo‘raqulov oltin, M4X Laziz Qo‘chqorov, Sarvar Mamarasulov, Umarali Abdullayev, Bobur Hayitboyev, ВМ2X Jamolbek Turg‘unov/Bobur Muxiddinov kumush, shuningdek, ВW4- Nurila Abduvaliyeva, Basima Sattarova, Oyjamol Sattarova, Rayhon Karimova, BM4- Samandar hamraqulov, Daler Ashurov, Anvar Karimov, Muhammadali Jo‘raqulov bronza medallarini qo'lga kiritishdi.