Respublikamizning sport, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘lga kiritayotgan barcha yutuqlari O‘zbekistonning g‘alabalari va obro‘-e’tibori ortib borayotgani bilan faxrlanishga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda tinchlik-totuvlik hukm surayotgani ijobiy ekanini tasdiqlovchi mamlakatimiz bayrog‘i hamisha balandda hilpirab tursin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi! Ona vatanimizda doimo tinchlik-omonlik, farovonlik va taraqqiyot hukm surishini shuningdek, eshkak eshuvchilarimiz xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lib, Davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishini tilaydi!