Poytaxtimizda O‘zbekistonda slalomda eshkak eshishni rivojlantirish loyihasi asosida slalomda eshkak eshish bo‘yicha murabbiylar uchun seminar o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimizning turli hududlari – Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlaridan 25 nafar trener ishtirok etmoqda. Seminar 10 dekabrga qadar davom etadi. Unda murabbiylar xorijlik mutaxassis Pavel Smirnovdan saboq oladi. Mashg‘ulotlar slalomchilarning to‘g‘ri jismoniy faolligini ta’minlash, ularning psixologiyasi bilan ishlash, dopingga qarshi kurashish, suvda ham, quruqlikda ham texnik ko‘nikmalarni o‘rgatish kabi yo‘nalishlarda olib borilmoqda.