Muxtorxon Tosxo‘jayev Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlandi

Bugun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 2023 yilgi Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (ARK) g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jaev paralimpiya harakatini qit’ada rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun tashkilotning faxriy ordeni bilan taqdirlandi. Tokio-2020 Yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni, Xanchjou-2022 Osiyo Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzaerova ayollar o‘rtasida qit’aning “Eng yaxshi para-sportchisi” deb e’tirof etilgani ham e’tiborga molik.