O'yinlar 2028-yil 14-30-iyul kunlari bo'lib o'tadi. 2028-yilgi Olimpiya o'yinlarining birinchi medallar to'plami 15-iyul kuni ayollar triatlonida topshiriladi. Musobaqa Venetsiya plyajida bo'lib o'tadi. Shuningdek, O'yinlarning birinchi kunida yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, qilichbozlik, dzyudo, regbi va otish bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi. Olimpiadaning 15-kuni (29-iyul) O'yinlar tarixidagi eng shiddatli kun bo'ladi, unda 26 ta medallar uchun kurash o'tkaziladi. Los-Anjelesning so'nggi Olimpiya chempionlari musobaqaning so'nggi kunida, yopilish marosimidan sal oldin suzish bo'yicha aniqlanadi. 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga dunyoning 15 000 dan ortiq eng yaxshi sportchilari jalb qilinishi kutilmoqda. Bu shaharning 1932 va 1984-yillardagi musobaqalardan keyingi uchinchi Olimpiya o'yinlari va birinchi Paralimpiya o'yinlari bo'ladi.