O‘zbekiston sport mutasaddilari Belarusda bo‘lib o‘tgan qator tadbirlarda ishtirok etishdi

Belarusda boʻlib oʻtayotgan MDH II oʻyinlari doirasida delegatsiyalar rahbarlari ishtirokida bir qator rasmiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyasi mas’ul xodimlari, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimovlar ham ishtirok etmoqda. Bugun, kun davomida Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Oleg Matitsin, Belarus Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Viktor Lukashenko, Belarus Respublikasi sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, viloyatda olimpiya targ‘ibotini kuchaytirish. Viktor Lukashenko Toshkentga tashrifini iliqlik bilan eslar ekan, Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida sport sohasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Mutasaddilar MDH o‘yinlaridan tashqari yirik sport tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, ilm-fan yutuqlarini almashish, olimpizmning sof va ezgu g‘oyalarini targ‘ib etish yuzasidan fikr almashdi. Dasturga ko‘ra, OAV vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mutasaddilar ham ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi. Bundan tashqari, kun davomida hamyurtlarimiz bir qator sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarni shaxsan kuzatib borishdi.