4-dekabr kuni O’zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasiyasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha murabbiylar kengashi bo’lib o’tdi.

    Ushbu anjumanda sportchilarning xozirgi holati, ularning salomatligi, ko’rsatgichlari, atletlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar, kamchiliklar va 2025-yildagi natijalari qanday bo’lgani, qilingan ishlar, olib borilayotgan o’quv-mashg’ulot yig’inlari shuningdek, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.  Jumladan, xalqaro mutaxassislar hamda murabbiylarning sportchilarga tuzgan kunlik rejalari ham o’rganildi.    Terma jamoaning bir qismi xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazish maqsadida  murabbiylar Aleksandr Ponomaryov,, Viktor Reneyski  boshchiligidagi sportchilar -  Mirjalol Komilov, Azimjon Sotvoldiyev, Diyorbek Mamatkulov, Kamoliddin Rahmatullayev, Xonzoda Erkinova, Dilnoza Rafikova, Shohsanam Sherzodova, Nilufar Zokirova, Zarina Kazakovalar 5-dekabr kuni tongda Turkiyaning  Belek shahriga yo’l olishdi. Ko’zlangan maqsad - 2026-yildagi xalqaro va mahalliy musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko’rishdan iborat. Ushbu mashg’ulot yig’ini 28-dekabrga qadar davom etadi.   Eslatib o’tamiz 2025-yilning aprel oyida Samrqand shahridagi eshkak eshish kanalida turli yosh toifasidagi baydarka va kanoechilar o’rtasida saralash musobaqalari bo’lib o’tgan edi. 2026-yilning aprel oyida ham saralash chempionatlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.