8–10-may kunlari Vengriyaning Seged shahrida, Maty-ér Olimpiya eshkak eshish va suv sport turlari markazida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.


 
Seged shahri an’anaviy tarzda yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qiladigan markazlardan biri hisoblanadi. Joriy yilgi Jahon kubogi bosqichi esa alohida ahamiyat kasb etadi, chunki ushbu start baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yangi Olimpiya saralash tizimining muhim bosqichlaridan biri sanaladi. Aynan shu yerda Los-Anjeles Olimpiadasiga yo‘l boshlanadi. Shuningdek, 2027-yilda Seged shahri ushbu sport turi bo‘yicha jahon chempionatiga ham mezbonlik qiladi.
Bugun Vengriyada Jahon kubogining dastlabki bahslari rasman start oldi. Musobaqada dunyoning 64 davlatidan sportchilar ishtirok etmoqda. Nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashib, yuksak natijalar hamda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish uchun bahslarga kirishdi.
 
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Shaxriyor Mahkamov
Oleksandr Zarubin
Shohruh A’zamov
Bekzod Murodov
Lochin Esonaliyev
Yekaterina Shubina
Milana Dushev-Yanich
Arina Tanatmisheva
Vladlen Denisov
Mirjalol Komilov
Artur Guliyev
Muhammadali Mirismanov
Shohsanam Sherzodova
Nilufar Zokirova
Xonzoda Erkinova