Akademik eshkak eshishuvchilarimiz Dalaman shahrida...

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining oʻquv-mashgʻulot yigʻini Turkiyaning Dalaman shahrida boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻinda 11 nafar sportchi va 3 nafar murabbiy ishtirok etmoqda. Mazkur oʻquv-mashgʻulot yigʻini xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tashkil etildi. 
Mashgʻulot jarayoni sportchilarning texnikasini, chidamliligini, tezligini, kuch va funksional tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi. 
Turkiyada oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻini jamoaga qulay iqlim sharoiti va eshkak eshuvchilarga mos suvda mashgʻulot olib borish imkonini bermoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro musobaqalar oldidan yuqori sport formaga kirishiga yordam beradi. 

Eslatib o‘tamiz, akademik eshkak eshish bo‘yicha yilning birinchi musobaqasi an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Gretsiya ochiq chempionati hisoblanadi. Ayni vaqtda 3 nafar sportchimiz - Anna Prakaten, Alisher Turdiyev hamda Pavel Sorin Gretsiyaning Afina shahridagi mashg’ulotlarda ishtirok etishmoqda.