Akademik eshkak eshuvchilar hamda baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishdi.

Har yili Ozarbayjonning Mingachevir shahrida an’anaviy tarzda «Prezident Cup» xalqaro regatasi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda ushbu musobaqada Ozarbayjon, O‘zbekiston, Chexiya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Ruminiya, Serbiya, Shvetsiya, Tojikiston, Turkiya va Ukrainadan 100 dan ortiq sportchilar qatnashdi.
Quvonarlisi shundaki, mamlakatimiz sharafini himoya qilgan uch nafar sportchimiz — Maksim Ivliyev, Zafarjon Baxtiyorov va Abdulaziz Garipov - K-1 (200 m, 1000 m) hamda K-2 (500, 1000 m) masofalarida o‘tkazilgan poygalarda 6 ta oltin va 1 ta kumush medallariga ega chiqishdi. 
Mazkur regata har yili turli mamlakatlardan eng kuchli eshkak eshuvchilarni jamlagan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va eshkak eshish sporti turlarini ommalashtirishga xizmat qilmoqda.