Shu kunlarda mamlakatimiz terma jamoasi xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inida ishtirok etyapti. Ushbu yig’in doirasida Amber oars ya’ni Qahrabo eshkaklari deb nomlangan an’anaviy xalqaro regatada o’z mahoratlarini sinivdan o’tkazishyapti.
64th Amber Oars International Regatta 2026 turnirida O’zbekiston, Litva, Latviya, Estoniya, Polsha, Ukraina, Germaniya, Chexiya, Slovakiya davlatlari qatnashmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida 19 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasida (W2-) Aydana Smetullayeva va Rayhon Sattorova juftligi barcha raqiblarni ortda qoldirgan holda shohsupaning eng yuqori pag’onasidan🥇 joy egallashdi, shuningdek, yana bir ikki kishilik ekipajimiz egalari - (JM2x) Lazizbek Qo’chqorov Umarali Abdullayev kumush 🥈medaliga ega chiqishdi.
G’alabalar bardavom bo’lsin!