Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati - 2026.

Olimpiya o’yinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionatlari g’olibo, Osiyo o’yinlari sovrindori Shaxriyor Mahkamov (K-1, 1000m)  joriy yildagi Osiyo chempionatini oltin medal bilan boshlagan bo’lsa, Nurislom To’xtasin o’g’li/ Kamronbek Axtamov (C-2, 1000m), Mirjalol Komilov (C-1, 1000m), kumush, Xonzoda Erkinova/Muattarxon Qodirjonova (C-1, 1000m), Milana Dushev-Yanich (K-1, 1000m), Shahrizoda Mavlonova/Ozodjon Amriddinov (K-2 mikst, 500m) bronza medallariga ega chiqishdi. 

Shu tariqa Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlaridan keyin milliy terma jamoamiz a’zolari tomonidan 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali jamg’arildi. 

Albatta ushbu natijalar davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, murabbiylar ko’magi hamda sportchilarimiz mehnati tufayli qo’lga kiritildi. 

Osiyo chempionatidagi g’alabalar bardavom bo’lsin! 

Shu o’rinda, akademik eshkak eshuvchilarimizdan ham xushxabarlani kutib qolamiz!!!