CHXUNDJU KVALIFIKATSION OSIYO VA OKEANİYA OLIMPIYA VA PARALIMPİYA REGATASINI O’TKAZISHGA TAYYOR.

Bir kundan so‘ng Koreyaning Chxundju shahrida Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga uchinchi qit’aviy saralash regatasi start oladi. 20 mamlakatdan 66 nafar atlet Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish maqsadida bahs olib boradi.

Erkaklar o’rtasidagi yakkalik bellashuvlarda 17 nafar sportchi qatnashadi, ular orasida, Filippinlik Kris Nevares, Indoneziyalik Memo Memo, Xitoyda bo’lib o’tgan Osiyo o’yinlarida 2ta kumush medalni qo’lga kiritgan o’zbekistonlik Shahboz Xalmurzayev bor, shuni ham aytish lozimki, ayrim sportchilar ikkinchi marta Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritishga harakat qilishadi. Yana ikki nafar akademik eshkak eshuvchi – falastinlik Amel Yunis va iroqlik Bakr al-Dulaymi 2023-yilgi jahon chempionati ishtirokchilari hisoblanishadi. Regatada qatnashadigan barcha atletlar xalqaro musobaqalardan to‘plagan tajribalari orqali yuqori natijalarga erishishga harakat qilishadi.  

Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda 15 nafar sportchi ishtirok etadi. Diqqat markazimizda, Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibasi, sobiq rossiyalik sportchi xozirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Anna Prakaten kvotaga ega bo‘lishi uchun eng kuchli va asosiy favoritlardan bo‘lishi lozim. Yaponiyalik Shixo Yonekava hamda gonkonglik Vin Yan Vinne Hung ham birinchi bo‘lishga harakat qilishadi.

Yengil vaznda erkaklar o‘rtasidagi juftlik qayiqlarda 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari kumush va bronza medallari sohiblari hindistonlik Arvind Singx va Arjun Lal Jat, shuningdek, o‘zbekistonlik Shaxzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev qatnashadi. Hindiston vakillari Tokiodagi o‘yinlarda 11-o‘rinni egallashgan va o‘sha yilning o‘zida birinchi marta Jahon kubogi A finalida ishtirok etishgan. O‘zbekiston sharafini jahon chempionatida ishtirok etgan tajribali sportchilar himoya qilmoqda.

Yengil vazn toifasida ayollar o‘rtasidagi juftlik bahslarida keskin kurash bo’lib o’tishi kutilmoqda. G‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar O‘zbekiston va Indoneziya terma jamoalari bo‘lib, ular Vyetnam va Yaponiyaning tajribali ekipajlari bilan kuch sinashishi kerak. Ulardan tashqari ayollar o‘rtasida to‘rttalik qayiqda Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Eron sportchilari ham g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Demak, biz O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilagan holda, sportchilarimizga muxlislik qilamiz!

1 Звезда2 Звезды
(Пока оценок нет)
Loading...


Email manzilingiz chop etilmaydi.