Gretsiyaning Olimpiya shaharchasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqish marosimi boʻlib oʻtdi.

Olimpiya o‘yinlarining tarixiy vatani Gretsiyada minglab sportsevar muxlislar Olimpiya mash’alasini yoqish marosimining guvohiga aylanishdi.

Tadbir o’yinlar boshlanishiga 100 kun qolganida bo’lib o’tdi. Rejaga koʻra, mashʼala estafetasi Gretsiyada 11 kun davom etadi. Shundan soʻng 26-aprel kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi mashʼalani 120 yoshli “Le Belem” kemasida Marsel shahriga olib ketadi. 8-may sanasidan mashʼala butun Fransiya boʻylab 26-iyul – XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari startiga qadar aylanadi.

Muhim tadbirda, Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax, musobaqa tashkiliy qoʻmitasi va Parij shahri meriyasi rahbarlari, shuningdek, boshqa martabali shaxslar ishtirok etishdi.

Kanoe slalom bo’yicha uch karra Olimpiada chempioni va Xalqaro kanoe federatsiyasining sobiq vitse-prezidenti janob Estange Frantsiya Olimpiya o’yinlarini o’tkazishga tayyorligini ta’kidlab o’tdi.

Eslatib o’tamiz, Vers-syur-Marn baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi, slalomda eshkak eshish bo‘yicha 27-iyuldan 5-avgustgacha va kanoe sprint bo‘yicha bellashuvlar esa 6-10-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

1 Звезда2 Звезды
(Пока оценок нет)
Loading...

Email manzilingiz chop etilmaydi.