Zavod ichida: Nelo qayiq ishlab chiqarishda qanday yutuqlarga va barqarorlikka erishgani haqida.

Nelo ishlab chiqarish tizimining oxiridagi tarozilar tepasida kompaniyaning maqsadlari belgilangan ikkita siferblatli ekran o‘rnatilgan.

Asosiy maqsad – kuniga 24 ta, haftasiga esa 120 ta qayiq ishlab chiqarish.

Nelo Olimpiya o’yinlari uchun kanoe sprint qayiqlarining rasmiy yetkazib beruvchisi va Xalqaro kanoe federatsiyasining oltin hamkorlaridan biridir.

Nelo asoschisi, sobiq portugaliyalik eshkak eshuvchi Manuel Ramos 1970-yillar oxirida akasi yordamida otasining garajida qayiqlar qurishni boshlaganidan va o‘sha vaqtdan beri ushbu markali qayiqlar ko‘plab musobaqalarda asosiy vazifani bajarib kelmoqda. Uning biznesi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida yuqori darajadagi qayiqlarni ishlab chiqarish va sotishi orqali jadallik bilan rivojlana boshladi. Nelo kompaniyasining 20 000 m2lik zavodi Portugaliyaning Portu chekkasidagi Vila-du-Konde shahrida joylashgan.

1990-yillarning oxirida texnik yutuqlari bilan sotuvga chiqarilganda va ushbu sport turini o‘zgartirgan Moskitodan tortib Tokio-2020 uchun yaratilgan Nelo 7gacha bo‘lgan modellar zavodning kirish qismiga joylashtirolgan.  

Ushbu kompaniyada 150dan ziyod ishchi faoliyat yuritadi, ularning har biri qayiqlarning eshkak eshuvchilar uchun maksimal tezlik va samaradorlikda ishlashini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.

Matolar aniqlik bilan kesiladi va o’rindiqlar, rullar va oyoq tayanchlari kabi kichik qismlar aniq yig’iladi. Demk, qayiqlar mukammallik darajasiga yetishi uchun har bir ishchining vazifasi juda muhim.

Qayiqlarning o’lchamiga mos keladigan korpus va pastki shakllari yaratiladi, keyin esa ular bo’yaladi va quritish uchun pechlarga joylashtiriladi.

Janob Ramos o’z velosipedida doimiy ravishda, ishlab chiqarish jarayonining har bir komponenti muammosiz bo‘lishiga ishonch hosil qilish uchun zavod atrofida aylanib yuradi.

Har bir qayiq o’rindiqlar va oyoq dastaglarini o’rnatishdan oldin kamida bir soat qo’lda polerol qilinadi.

Keyin sifat nazoratchilari guruhi qayiqlarni diqqat bilan tekshirib, tuzatish mumkin bo’lgan nuqsonlarni aniqlaydi.

Qayiqlar tayyor bo‘lganidan so‘ng maxsus moslamalarda butun dunyo bo‘ylab, kerakli manzilga yetkaziladi.

Nelo qayiqlarining muvaffaqiyatini ko’rish uchun Olimpiya o’yinlari sovrindorlari ro’yxatiga nazar tashlasangiz kifoya.

Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida Nelo qayiqlaridan foydalangan sportchilar kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 25ta medal, jumladan, 8ta oltin, 7ta kumush va 10ta bronza medalini qo‘lga kiritilgan.

Bundan tashqari, rullar qayta ishlangan plastik baklajkalardan yaratiladi.

Zavodda suv sarfini kamaytirish masadida ham chora-tadbirlar ko‘rildi, quyosh panellari esa umumiy iste’molining qariyb 60 foizigacha energiya ishlab chiqarish uchun foydalanilmoqda.

Shuningdek, Nelo dengiz hayotini himoya qilish va saqlash, okean bioxilma-xilligini himoya qilish va kelajak avlodlar sayyoramizning tabiiy resurslaridan bahramand bo’lishlarini ta’minlashga bag’ishlangan «Sea Shepherd» notijorat tashkiloti bilan hamkorlik qilishni ham boshladi.

«Hamma uchun qayiq» sifatida e’tirof etilgan Nelo 400 barqarorlik modelidir.

Barcha mahorat darajasidagi insonlar uchun mo’ljallangan qayiq 50 foiz qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan.

Nelo 400 ning chidamliligi uning ko’p yillar davomida xizmat qilishini anglatadi, ya’ni ko’proq baydarkalar qurish va tabiiy resurslarni isrof qilmaslikdan iborat.

Nelo 400 kompaniyaning uglerod izini kamaytirishga sodiqligini ta’kidlaydi, bu esa ICFning eshkak eshish sporti hamjamiyatida barqarorlik vazifasini davom ettirishga yordam beradi.

1 Звезда2 Звезды
(Пока оценок нет)
Loading...


Email manzilingiz chop etilmaydi.