Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, O‘zbekiston «ROWING & CANOE» federatsiyasi bosh kotibi Vyacheslav Didrix, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining viloyat ijrochi direktori Bahodirxo‘ja Eshonov, Guliston Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Iftixor O‘roqov, shuningdek sport sohasi vakillari ishtirok etdi. Musobaqada mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan eng kuchli sportchilar qatnashmoqda. Turnir keskin va tomoshabop bahslar muhitida o‘tib, milliy sport taqvimidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston kubogi 25-dekabr kuni yakunlanadi.